Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi Professional futbol ligasi bayrogʼi ostida oʼtadigan uchrashuvlarning real vaqt rejimi (internet onlayn shakl) dagi audiovizual huquqlarini olish uchun translyator va telekommunikatsion kompaniyalar, shuningdek sport huquqi sohasidagi agentliklar oʼrtasida tender eʼlon qiladi.

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi FIFA hamda OFK normalari asosida oʼtkaziladigan musobaqalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning tashkilotchisi sifatida audiovizual huquqlariga bevosita egalik qiladi.

Tenderda ishtirok etish niyatida boʼlgan kompaniyalar 2020-yil 5-iyun kuni (soat 18:00) ga qadar rasmiy soʼrov yuborishlari talab etiladi. Murojaatlar info@ufa.uz hamda marketing@ufa.uz elektron pochta manzillari orqali qabul qilinadi.

Belgilangan muddat yakuniga yetgach tenderda qatnashish istagini bildirgan barcha kompaniyalarga audiovizual huquqlarning qay tartibda taqdim etilishi batafsil maʼlum qilingan rasmiy hujjatlar joʼnatiladi.