Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionati oldidan soʻnggi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Ravshan Haydarov jamoasi Urugvay U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. “Sentanario” stadionida oʻtkazilgan bahsda mezbonlarning qoʻli baland keldi.
Maʼlumot oʻrnida, vakillarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun 16-may kuni Santiago del Estreo shahriga joʻnab ketadi. Yoshlarimiz ochilish oʻyinida Argentinaga qarshi maydonga tushadilar.
Urugvay 2:0 Oʻzbekiston
Gollar: Diaz 70ʼ (p), Duarte 90+4ʼ.