Bugun Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jidda shahridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Qirol Abdulla sport markazi” mashg‘ulot maydonida boʻlib oʻtgan bahsda durang natija qayd etildi.
Saudiya Arabistoni 1:1 Oʻzbekiston
Jamoamizning goliga 65-daqiqada Muhammad Habibullayev mualliflik qildi.