Bugun Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Doha shahridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Qatarga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Suhaim bin Hamad” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz g‘alaba qozondi.
Qatar 0:3 Oʻzbekiston
Jamoamizning gollariga Sadriddin Hasanov (20′, 60′) Muhammad Habibullayev (69′) mualliflik qildi.
Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi bahs 20-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.