Bugun 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 2025-yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida Iroqqa qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning goliga Nurbek Sarsenboyev mualliflik qildi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “E” guruhida 3 oʻyinda 9 ochko jamgʻargan holda oʻz guruhida birinchi oʻrinni egalladi.
Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan holda Osiyo kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, Osiyo kubogi 2025-yilning 3–20-aprel kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi.