Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogining chorak final bahsida Birlashgan Arab Amirliklari bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqa yarim finaliga yoʻl oldi. Jamoamizning gollariga Asilbek Aliyev (13ʼ, 36ʼ) va Sayfiddin Sodiqovlar (45+4ʼ) mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 17-aprel kuni yarim final bahsida maydonga tushadi. Jamoamizning raqibi 14-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Shimoliy Koreya va Indoneziya jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda aniq boʻladi.