2025-yilgi U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 6–14-oktyabr kunlari Milliy futbol markazida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi oʻsmirlarimiz yigʻin doirasida Turkiya U-17 terma jamoasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga quyidagi futbolchilar jalb etildi:
Darvozabonlar:
Bahodir Izbaskanov (“Bunyodkor”), Ibrohim Shokirov (“Paxtakor”), Ne’matulloh Rustamjonov (“Ahmedov” FK).
Himoyachilar:
Mo‘minxon Bahodirxonov (“Ahmedov” FK), Amirxon Murodov (“Paxtakor”), Muhammad Hakimov (“Paxtakor”), Hojiakbar Yusufboyev (“Olimpik”), Behruz Saidmurodov (“Paxtakor”), Miraziz Abdukarimov (“Paxtakor”), Abdumalik Anvarov (“Paxtakor”), Muhammadali Musakhanov (“Ahmedov” FK).
Yarim himoyachilar:
Azizbek Erimbetov (“Neftchi”), Qahramon Turg‘unov (Namangan FA), Xayrullo Ergashev (“Rot-Weiss Frankfurt”), Abdusamad Saidov (“Paxtakor”), Muhammad Habibullayev (“Lokomotiv”), Abubakir Shukurullayev (“Paxtakor”), Sadriddin Hasanov (“Bunyodkor”), Sayfiddin Sodiqov (“Ahmedov” FK), Jamshidbek Rustamov (“Paxtakor”).
Hujumchilar:
Nurbek Sarsenbayev (“Neftchi”), Azizbek Abdumo‘minov (“Masha’l”), Asilbek Aliyev (“Ahmedov” FK).
11, 14-oktyabr
17:00 | “Jar” stadioni
Oʻzbekiston — Turkiya
15-oktyabrdan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etadi.