Bugun Sergey Chigodayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Jidda shahridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Qirol Abdulla sport markazi” mashg‘ulot maydonida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz g‘alaba qozondi.
Saudiya Arabistoni 0:1 Oʻzbekiston
Jamoamizning goliga 33-daqiqada Bilol Qurbonov mualliflik qildi.