“UEFA Rivojlanish kubogi” musobaqasining ikkinchi turida Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Latviyaga qarshi bahs olib bordi. Ayder Kurbayev boshqaruvidagi jamoamiz ushbu bahsda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning gollariga Abubakr Mamatov (49ʼ), Hojiakbar Zulfiqorov (85ʼ) va Roʻzimurod Roʻzimurodovlar (90+4ʼ) mualliflik qildi.
Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi “UEFA Rivojlanish kubogi” ikkinchi turida Livan jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Oʻyinning asosiy daqiqasida 2:2 hisobi qayd etildi. Jamoamizning gollariga Elshod Qobilov (51ʼ) va Farzod Sobirjonovlar (80+2ʼ) mualliflik qildi. Penaltilar seriyasida jamoamiz 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.