Ayder Kurbayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi “UEFA Rivojlanish” kubogining ilk turida mezbon Armanistonga qarshi kurash olib bordi. Yakunda jamoamiz 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonning gollariga Emmanuel Emonkpaire (27ʼ) va Doniyor Oʻktamovlar (58ʼ) mualliflik qildi.
Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi “UEFA Rivojlanish kubogi” doirasidagi birinchi turda Armanistonga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsda jamoamiz 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Oʻzbekistonning goliga Afruz Ernazarov (36ʼ) mualliflik qildi.