Bugun Timur Kapadze boshqaruvidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda vakillarimiz g‘alaba qozondi.
Oʻzbekiston 1:0 Qirg‘iz Respublikasi
Jamoamizning goliga Hojiakbar Alijonov (40′) mualliflik qildi.
Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvni 25-mart kuni Tehron shahrida Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.