Free ebooks Library zlibrary project

Bugun yurtimizda boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatining ikkinchi turiga start berildi. Dastlab, Buxorodagi “Universal” sport majmuasida Tailand va Kuba terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda Tailand terma jamoasi 10:5 hisobida gʻalaba qozondi. Tailand ushbu gʻalabasi evaziga 1/8 final bosqichiga chiqish masalasini hal qildi.

Navbatdagi oʻyin Toshkent shahridagi “Humo arena”da Oʻzbekiston terma jamoasi joy olgan “A” guruhi vakillari Kosta-Rika va Niderlandiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻyinda ikki jamoa ham 2tadan gol urgan holda durang oʻynadi.

Yana bir bahs Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Ushbu bahsda braziliyaliklar yaqqol ustunlik qilgan holda 8:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa Braziliya 6 ochko jamgʻargan holda keyingi bosqichni naqd qildi.

Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham “Humo arena”da Paragvayga qarshi ogʻir oʻyinda maydonga tushdi. Ushbu bahs gollarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Yakunda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 1:4 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Gollarga Oʻzbekistondan Husniddin Nishonov (35ʼ) mualliflik qilgan boʻlsa, Paragvaydan Xorxe Espinoza (16ʼ) , Arnaldo Baez (17ʼ) , Fransisko Martines (24ʼ), Xavyer Salas (26ʼ) mualliflik qildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 3-turni 20-sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻtkazadi. Ushbu oʻyin Toshkent vaqti bilan 20:00da “Humo arena”da start oladi.