OFK Tibbiyot qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda futbol tibbiyoti boʻyicha bir qator masalalar koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda shuningdek, Osiyo futbol konfederatsiyasining tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha maxsus mukofot sovrindorlari maʼlum qilindi.
Quvonarlisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Alisher Aripov OFK tasnifi boʻyicha “Yuqori darajadagi koʻrsatgan tibbiy xizmatlari uchun” (bronza) mukofotiga loyiq deb topildi.