Ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida Iroqqa qarshi uchrashuv oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq koʻk libosda, darvozabonimiz esa toʻq sariq libosda harakatlanadi.
Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Yahyo Almulla (BAA) ishlaydi. Unga qanotlarda Ahmed Sayid Alrashdi (BAA) hamda Faysal Eid Alshammari (Qatar) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa bahraynlik Ibrohim Hasan Mahfudga topshirilgan.