Litvada boʻlib oʻtayotgan Jahon Chempionatining ilk uchrashuvida vakillarimiz Gvatemala jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Mazkur bahsda jamoamiz hisobda ortda qolayotib “kambek”ni amalga oshirishga muvaffaq boʻlgandi. Biroq oʻyinning soʻnggi daqiqasida raqiblarimiz gol urib, gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Uchrashuvda futzalchimiz Ixtiyor Ropiyev xet-trikni rasmiylashtirgan.
Litva-2021. Jahon chempionati. 1-tur.
Oʻzbekiston 4-5 Gvatemala
Gollar: Fernando Kampanyak 4ʼ, Marvin Sandoval 5ʼ, Ixtiyor Ropiyev 6ʼ, 25ʼ, 35ʼ, Alan Aguliar 7ʼ, 40ʼ, Marvin Sandoval 22ʼ, Alvarado Roman (ag) 38ʼ.