Bugun, 6-sentyabr kuni Xose Venansio Lopes boshchiligidagi Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon reytingi yetakchisi Braziliyaga qarshi bahs olib bordi va magʻlub boʻldi — 2:9.
Jamoamizning gollariga 12-daqiqada Abbos Elmurodov, 19-daqiqada esa Husniddin Nishonov mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, jamoalar oʻrtasidagi ikkinchi bahs, 8-sentyabr kuni “Humo arena”da oʻtkaziladi.