Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Bugun Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) Bosh kotibi Ulugʻbek Karimov va OʻFA rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda CAFA hamda OʻFA oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston va CAFAga aʼzo davlatlarning qoʻshnichilik va hamkorlik munosabatdalari yangi bosqichga chiqayotgani alohida taʼkidlandi. Mintaqada futbol rivojlanib borayotgani, bu borada barcha a‘zo mamlakatlar katta saʼy-harakatlarni amalga oshirayotgani qayd etildi. OʻFA rahbariyati CAFA bilan keng koʻlamli loyihalarini amalga oshirilishidan har doim mamnun ekanligini bildirdi.

Oʻz navbatida Ulugʻbek Karimov yurtimizda futbolni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishdagi ishlarni yuqori baholab, Oʻzbekiston CAFAning mintaqadagi eng ishonchli vakillaridan ekanini eʼtirof etdi.

Uchrashuvda tomonlar bir qator CAFA turnirlarini yurtimizda oʻtkazish istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, kelasi yilning fevral oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan “CAFA Womens Futsal Championship 2023” turniriga tayyorgarlik jarayonlari boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi. Shuningdek, may oyida 2005-yilda tugʻilgan futbolchilar oʻrtasidagi musobaqani ham yurtimizda oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar va keyingi chora-tadbirlar toʻgʻrisida suhbatlashildi.

Kelgusida CAFAga aʼzo davlatlarning milliy terma jamoalari oʻrtasida turnir tashkil etish va uni yurtimiz maydonlarida oʻtkazish muhokama qilindi.