Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va “UzCard” kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda tomonlar yurtimizda sportni, xususan, futbol va sogʻlom turmushni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan turli yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va “UzCard” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. OʻFA rahbariyati hamkorlikdan mamnunligini ta‘kidlab, “UzCard” bilan tashkil etiladigan yangi loyihalar mamlakatimizda futbol ommaviyligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.