Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar koʻrib chiqildi.
Shundan keyin OʻFA ustavi asosida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti, vitse-prezidentlari va Ijroiya Qoʻmita aʼzolari saylandi:
OʻFA Prezidenti lavozimiga:
Abdusalom Azizov
OʻFA Birinchi vitse-prezidenti lavozimiga:
Ravshan Irmatov
OʻFA Vitse-prezidenti lavozimiga:
Azizbek Ikramov
OʻFA Ijroiya Qoʻmita aʼzoligiga:
Abdujabbor Abduvaxitov,
Edita Mirobidova,
Toʻlagan Isoqov,
Jaxangir Usmanov saylandi.
OʻFA ustavining 37-modda 6-bandiga asosan, agar Ijroiya Qoʻmita aʼzoligi uchun lavozimlar 50% gacha boʻsh boʻlsa, Ijroiya Qoʻmita ushbu lavozimlarni keyingi Kongressga qadar toʻldiradi, bu lavozimlarga saylanganlar mazkur lavozimlar vakolat muddatining qolgan davri uchun saylanishi qayd etiladi.