OʻFAning navbatdagi hisobot Kongressi bo‘lib o‘tdi
Bugun, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Kongress kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin oldi:
1. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 2022-yil 24-dekabrda oʻtkazilgan Kongress bayonnomasini tasdiqlash.
2. OʻFA ning 2022-moliyaviy yil uchun auditor hisobotini tasdiqlash.
3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023, 2024 hamda 2025-yillar moliyaviy koʻrsatkichlarini tekshiruvchi mustaqil auditorlik tashkilotni tasdiqlash.
4. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyati toʻgʻrisida hisobot.
Kongressda ko’tarilgan masalalar delegatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.