Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Konferensiyada ayollar jamoalari murabbiylari, sport psixologlari hamda ayollar futboli boʻyicha mutaxassis va ekspertlar ishtirok etdi. Ayollar futbolini rivojlantirishga bag’ishlab joriy oy davomida iikinchi bor o’tkazilayotgan yig’ilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti “Soʻgʻdiyona-W” jamoasini Oʻzbekiston chempionati gʻolibligi bilan samimiy tabrikladi.

Ravshan Ermatov mamlakatimizda ayollar futbolini yangi bosqichga koʻtarishda barchamiz birlashib bor bilim va tajribamizni ishga solishimiz zarurligini taʼkidladi. Bu boradagi OFK va FIFA musobaqalariga malakali mutaxassislar, sport shifokorlari,sport psixologlarini jalb etib,zamonaviy sport technologiyalardan foydalangan holda tayyorgarlik koʻrish zarurligini aytdi.

“Yangi choʻqqilarni zabt etish uchun erkaklar futboli bilan bir qatorda ayollar futbolini rivojlantirish ustida ham doimiy ravishda tizimli ishlab borishimiz kerak. Istisno boʻlishi mumkin emas. Ayollar futbolini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish, turli festival va turnirlar oʻtkazish va ommaviylikni oshirishimiz zarur. Futbolchilik faoliyatini tugatayotganlar keyingi faoliyatini murabbiy, hakam, tahlilchi, selekcioner sifatida davom ettirishi kerak, chunki ularda futbol tajribasi bor va ularning futbolda qolishlari futbol va ozlari uchun foydali boladi. Bu masalada ularning taʼlim olishi toʻliq ta’minlab beriladi“, — dedi Ravshan Ermatov.

Shundan keyin, OʻFA qoshidagi ilmiy-uslubiy boʻlim boshligʻi, futbolda ayollar psixologiyasi masalalari boʻyicha mutaxassis va murabbiylar taʼlimi boʻlimi boshligʻining maʼruzalari tinglanib, turli yoʻnalishdagi murabbiylarni litsenziyalashga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, futbol mutaxassislarini tayyorlash markazidagi psixologiya, ilmiy yondashuv, murabbiylik va hakamlik boʻyicha masʼul mutaxassislar oʻz yoʻnalishidagi keyingi rejalarini taqdimot orqali tushuntirib berdilar va mazkur sohalarni rivojlantirish boʻyicha takliflarini bildirdilar. Ularga yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha ayol mutaxassislarni tayyorlash uchun roʻyxat shakllantirish topshirigʻi berildi. Butun mamlakat bo’ylab, har bir hududda seleksiya ishlarini doimiy ravishda yo’lga qo’yish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, FIFA va OFK hakami Edita Mirabidovaning hisoboti tinglanib, unda mazkur yoʻnalishdagi ishlarni ommaviylashtirish va ayol hakamlar sonini oshirish masalasi koʻtarildi.

Yig’ilish davomida videokonferensiya ishtirokchilari ham oʻz fikr va takliflarini bildirishdi. Eʼtibor talab qilinadigan masalalar muhokama qilindi. Yigʻilish yakunida barcha yangi tashkil etilgan futbol mutaxassislarini tayyorlash kurslariga taklif etildi.

Uchrashuv yakunida barcha yo’nalishlar bo’yicha mas’ullar tayinlanib, ularga tegishli topshiriqlar berildi, ijro nazorati esa doimiy olib boriladi.