Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

“BUNYODKOR” — “DINAMO”

Superliga 4-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Dinamo” uchrashuvida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Abdujamol Isroilov uchrashuvning 64-daqiqasida raqib oʻyinchisining yuziga boshi bilan zarba bergani va tajovuzkor xatti-harakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Abdujamol Isroilovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” jamoasi yordamchi murabbiyi Ivan Yevich uchrashuv yakunlangach hakamlar brigadasi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Ivan Yevichga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” jamoasi futbolchisi Ibrohim Yoʻldoshev uchrashuv yakuniga yetgach reklama konstruksiyasiga zarba berib, unga shikast yetkazdi.

Shu sababli Ibrohim Yoʻldoshevga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“PAXTAKOR” — “NAVBAHOR-LOCHINLARI”

Superliga 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Navbahor Lochinlari” uchrashuvi ga qoʻshib berilgan daqiqalarda “Paxtakor” fan-klubi yetakchisi Javohir Shokirov texnik zonada paydo boʻldi va oʻyinning 90+5-daqiqasida autga chiqib ketgan toʻpni “Navbahor Lochinlari” jamoasi futbolchisiga qaytarib berish oʻrniga, toʻpni boshqa tomonga namoyishkorona tepib yubordi. Bu esa stadionga yigʻilgan muxlislar, raqib jamoa aʼzolari va rasmiylarining noroziligiga sabab boʻldi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan koʻngilsiz holatlarning bosh sababchisi sifatida moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” jamoasi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy yuqoridagi vaziyat sabab tinchlana olmadi va maydonda, tribuna osti yoʻlakchasida, kiyinish xonasi atrofida raqib jamoa vakillari hamda OʻzPFL rasmiylari bilan janjallashdi, ularni shaxsiyatga teguvchi soʻzlar bilan bir necha bora sababsiz haqorat qildi. Shuningdek, murabbiyni tinchlantirishga uringan rasmiy shaxslarga zarba berishga urindi. Mazkur holat ikki jamoaning qolgan rasmiylari oʻrtasida janjal kelib chiqishiga, tribuna osti yoʻlakchasida toʻpolon koʻtarilishiga sabab boʻldi. Qoʻshimchasiga, Kolosovskiy OʻzPFL rasmiysi talabiga rioya qilmay, akkreditatsiyani qaytarishdan bosh tortdi.

Shu sababli Grigoriy Kolosovskiyga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Grigoriy Kolosovskiyning nomaqbul harakatlari “Navbahor Lochinlari” jamoasi darvozaboni Oʻtkir Yusupovni ham janjalli vaziyatga aralashtirdi va u “Paxtakor” fan-klubi yetakchisi Javohir Shokirov bilan mushtlashuv sodir etib, unga zarba berdi.

Shuni inobatga olgan holda Oʻtkir Yusupovga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor” jamoasi matbuot kotibi Behzod Nazarov, klub katta menejeri Ilhom Yakvalxoʻjayev oʻyin yakunlangach tribuna osti yoʻlakchasida nojoʻya xatti-harakatlarni amalga oshirib, “Navbahor lochinlari” jamoasi rasmiylarini qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qildi.

Shu sababli Behzod Nazarov hamda Ilhom Yakvalxoʻjayevning har biriga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor Lochinlari” jamoasi oʻyin yakunlangach, kiyinish xonasining ichki va tashqi devorlariga zarar yetkazib, uni taʼmirtalab holga keltirdi. Shuni inobatga olib, “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“SURXON U21” — AGMK U21

U-21 chempionati 4-turi doirasidagi “Surxon U21” — AGMK U21 uchrashuvida AGMK U21 jamoasi futbolchisi Iskandar Businov uchrashuvning 77-daqiqasida toʻp yoʻq joyda yerda yotgan raqib oʻyinchisini tepgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagini inobatga olib, Iskandar Businovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“ANDIJON” — “ARAL SAMALI”

Pro liga 4-turi doirasidagi “Andijon” — “Aral samali” uchrashuvida “Aral samali” jamoasi futbolchisi Mirjalol Qosimov uchrashuvning 63-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan oʻyin qoidasini buzgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Mirjalol Qosimovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“XORAZM” — “SHOʻRTAN”

Pro liga 5-tur doirasidagi “Xorazm” — “Shoʻrtan” uchrashuvida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Azizbek Pirmuhammadov uchrashuvning 53-daqiqasida raqib yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Yuqoridagi holat sabab Azizbek Pirmuxammadovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“ZOMIN” — “TURON”

Pro liga 5-tur doirasidagi “Zomin” — “Turon” uchrashuvida “Zomin” jamoasi rasmiy vakili Ilhom Sobirov tanaffus vaqtida hakamlar xonasiga kirib, oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgan va tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirgan.

Shu sababli Ilhom Sobirovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“ANDIJON II” — “YUNIRED”

Oʻzbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Andijon II” — “Yunired” uchrashuvida “Yunired” jamoasi futbolchisi Asomiddin Mamatov uchrashuvning 43-daqiqasida raqib oʻyinchisining yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Asomiddin Mamatovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“DENOV” — “DOʻSTLIK OLTIARIQ”

Oʻzbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Denov” — “Doʻstlik Oltiariq” uchrashuvida “Denov” jamoasi rasmiy vakili Bekzod Azimov uchrashuvning 71-daqiqasida bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan chetlashtirilgan.

“Denov” jamoasi OʻzPFL aʼzosi emasligi hamda 2022-yilgi mavsumni Surxondaryo viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida oʻtkazishi inobatga olinib, Bekzod Azimovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi Surxondaryo viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan qoʻllaniladi.

Shuningdek, “Denov” jamoasi futbolchisi Bekzodjon Karimov uchrashuvning 90+1-daqiqasida bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Xuddi shu tartibda Bekzodjon Karimovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi Surxondaryo viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan qoʻllaniladi.

***

“ARAL” — “ANDIJON II”

Oʻzbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Aral” — “Andijon II” uchrashuvida “Aral” jamoasi futbolchisi Abdumalik Norqobilov uchrashuvning 43-daqiqasida raqib oʻyinchisining oyogʻiga yotgan holatida tepgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Abdumalik Norqobilovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“QUMQOʻRGʻON-1977” — “LOCHIN”

Oʻzbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Qumqoʻrgʻon-1977” — “Lochin” uchrashuvida “Lochin” jamoasi futbolchisi Abdulaziz Joʻrayev uchrashuvning 67-daqiqasida raqib oʻyinchisi oyogʻining himoyalanmagan qismiga butsasini tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Abdulaziz Joʻrayevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

***

“KELES” — “ARAL”

Oʻzbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Keles” — “Aral” uchrashuvida “Keles” jamoasi aʼzolari butun uchrashuv davomida futbolchilarga xos boʻlmagan xatti-harakatlar bilan yodda qolgan. Oqibatda bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov “Keles”ning 4 nafar futbolchisini maydondan chetlashtirgan.

“Keles” jamoasi OʻzPFL aʼzosi emasligi hamda 2022-yilgi mavsumni Toshkent viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida oʻtkazishi inobatga olinib, jamoaga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi Toshkent viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan qoʻllaniladi. Shuningdek, “Keles” aʼzolari boʻlgan Islomjon Ortiqov, Azizjon Hojiakbarov, Hikmat Turobov hamda Farrux Yoʻldoshevlarning barchasiga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllaniladi.