Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari hududlarda futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Dastlab Nukus shahrida joylashgan bolalar-oʻsmirlar futbol maktabining ish faoliyati, infratuzilmasi va futbolchilar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar oʻrganib chiqildi. Ayrim masalalar boʻyicha aniqlangan kamchiliklar va qilinishi kerak boʻlgan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Masʼullar bilan suhbatda oʻlkada isteʼdodli yoshlar koʻp ekanligi, ularni toʻgʻri yoʻnaltirib, zamonaviy standartlar asosida katta futbolga tayyorlash lozimligi, bu borada xalqaro tajribalarni oʻrni muhim ekanligi taʼkidlandi.

Shundan keyin, bolalar futboli boʻyicha masʼul mutasaddilar ishtirokida 2022-yil yakunlari hamda 2023-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan rejalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Unda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusi yilgi ish rejalari muhokama qilindi.

Kun tartibiga koʻra, yigʻilishda mahorat maktabiga direktor tayinlash masalasi ham koʻrib chiqildi. Unga koʻra, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining buyrugʻiga asosan, Iskanderov Damir Konisbayevich Qoraqalpogʻiston futbol mahorati maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Yangi rahbar oldida yosh futbolchilarni kashf qilish, turli terma jamoalarimizga isteʼdodli futbolchilarni tizimli yetkazib berish kabi masʼuliyatli vazifalar turgani taʼkidlab oʻtildi.

Kunning ikkinchi qismida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Oʻrinbayev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda mazkur hududda futbol infratuzilmasini yaxshilash, uning ommaviyligini oshirish va bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha kelajakdagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi.