Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichi 2-turida Koreya Respublikasi U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qizgʻin oʻtgan bahsda Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari iroda koʻrsatib, kambek amalga oshirishdi. Shu tariqa jamoamiz 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston 3:2 Koreya R 

Gollar: Kang Minvu 26’, Amirbek Saidov 71’, Yu Byungheon 77’, Lazizbek Mirzayev 81’, Mamadalixon Olimov 90+4’.