Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Kun tartibiga koʻra, yigʻilish avvalida tadbir ishtirokchilariga qoʻmitaning yangi raisi, uning oʻrinbosarlari va tarkibi tanishtirildi. Shundan keyin 2021-yilda ayollar futbolida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Xotin-qizlarimiz oʻrtasida futbolni ommaviyligini oshirish, ushbu sport turi bilan shugʻullanayotgan qizlarga zamonaviy imkoniyatlar asosida sharoitlar yaratib berish, ularni turli toifalardagi xalqaro musobaqalarga tayyorlash borasida suhbatlashildi.

Yigʻilishda barcha jamoalarining oldiga aniq maqsadlar qoʻyildi. Xususan, Parijda oʻtkaziladigan 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlariga chiqish va keyingi Jahon chempionatlarida qatnashish, barcha yosh toifasidagi jamoalarning nufuzli xalqaro turnirlarda ishtirok etishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.

Bundan tashqari, U15, U17, U20 ayollar terma jamoasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ayollar futbolini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish borasida qoʻmita aʼzolari va yigʻilganlar bilan fikr almashdi. Ushbu yoʻnalishga malakali mutaxassislar, shifokorlar va sport psixologlarini jalb qilish orqali oldinda turgan OFK va FIFA musobaqalariga yangicha ruhda tayyorgarlik koʻrish kerakligini taʼkidladi.

Keyingi yildan boshlab klublar oldiga ayollar futboli uchun qancha mablagʻ ajratilishini taqdim etish vazifasi yuklatilishi maʼlum qilindi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagan ayollarga OʻFA qoshidagi futbol mutaxassislarini tayyorlash markazining 7 ta yoʻnalishlaridan birida oʻqish imkoni taqdim etiladi. Bundan tashqari, bir qator mutaxassislarni OʻFA hisobidan Pro-litsenziyaga oʻqitish taklifi ilgari surildi.

Oʻz oʻrnida murabbiylar ham soʻz olib, sohadagi yechimini kutib turgan masalalarni muhokama qildilar. Tadbirda ishtirok etgan terma jamoa vakilalari bugungi kunda futbolchilar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar avvalgidan katta farq qilayotgani, bu ayniqsa, oʻquv yigʻini payti sezilganini taʼkidladilar. Jamoa sardori Saida Galimova buning uchun barcha futbolchilar nomidan OʻFAga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.