Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

19-iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Musobaqalar va tadbirlar o‘tkazish bo‘limi Tibbiy koordinatori tomonidan “Navbahor” futbol klubida futbolchilarga seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy anti-doping agentligi tomonidan joriy etilgan futbolchilar uchun mo‘ljallangan onlayn ta’lim kursi — “talim-uznada.uz” platformasidan samarali foydalanish bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi.

Trening davomida sportchilarga antidoping savodxonligini oshirish, dopingga qarshi kurashning xalqaro standartlari, shuningdek, taqiqlangan moddalardan xabardorlik darajasini oshirish borasida zaruriy tushunchalar berildi. Seminar futbolchilar o‘rtasida sog‘lom va halol sport tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, ta’lim platformasi orqali bilimlarni mustaqil tarzda chuqurlashtirish imkoniyatlari ham atroflicha yoritildi.

Mazkur tashabbus sportchilarni zamonaviy antidoping siyosati bilan tanishtirish, ularning huquqiy va tibbiy bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.