Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Muhammadali Oʻrinboyev Xitoyda oʻtgan Osiyo kubogida eng yaxshi toʻpurari sifatida e’tirof etilgan edi.
Bugun O‘FA rahbariyati mazkur mukofotni futbolchimizga topshirib, kelgusida jamoamiz oldida yanada muhim turnirlar, xususan, keyingi Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish vazifasi turganini aytib oʻtdi. Xatolar ustida ishlash va U-20 Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba kelajakda katta natijalarga erishish uchun muhim asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Oʻz oʻrnida, Muhammadali O‘rinboyev ushbu sovrin unga yanada ko‘proq mehnat qilish va jamoaga yordam berish uchun qo‘shimcha motivatsiya berishini qayd etdi.