XOQ Sportchilar komissiyasi Xalqaro Olimpiya qoʼmitasi, Xalqaro Paralimpiya Qoʼmitasi va Tokio-2020 Tashkiliy qoʼmitasi bilan hamkorlikda XXXII yozgi Olimpiya oʼyinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha va Paralimpiya oʼyinlari 2021 yil 24 avgustdan 5 sentyabrgacha boʼlib oʼtishi toʼgʼrisida kelishilgan yangi sanalarni qoʼllab-quvvatlaydi.
Biz har kuni faol sportchilar jamoatchiligining fikrlari bilan qiziqamiz va shu haqdagi barcha maʼlumot va fikrlarini yigʼib boramiz. Ushbu noaniq vaqtda yuzaga kelgan muammo va xavotirlarni tingladik va inobatga oldik. XOQ bu borada barchani muntazam xabardor qilib turdi, takliflar berdi va Komissiya rahbariyati koʼmagida yuqori darajadagi qarorlar qabul qilishda ishtirok etishdi.
Shu munosabat bilan, barcha sportchilar va ularning vakillarini biz bilan (ilovamiz yoki athlete365@olympic.org elektron pochtamizdan foydalanib) fikr almashishni davom ettirishga, shuningdek, sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishga chorlaymiz. Chunki biz sizning manfaat va xohish-irodangizni ifoda etamiz hamda qoʼllab-quvvatlaymiz.
Ishonamizki, yangi tasdiqlangan sanalar sizning sogʼligʼingizni, shuningdek, butun jamoaning xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, oʼyinlarning yozda oʼtkazilishi sportchilarga oʼz natijalarini yanada yaxshiroq namoyish etishlari uchun imkoniyatni oshiradi.
XOQning quyidagi qarorlarini ham mamnuniyat bilan qabul qilamiz:
- Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlariga yoʼllanma olgan sportchilar bir xil maqomga ega boʼlib, tegishli ravishda ularning kvotalari saqlanib qoladi.
- Tokio-2020 Olimpiadasi bilan bogʼliq Olimpiya birdamligi dasturlari 2021 yilgacha uzaytiriladi. Taʼkidlash kerakki, 185 davlat MOQning 1600 dan ortiq sportchisi joriy olimpiada stipendiyalaridan foydalanadilar.
- Sportchilarni issiqlik va noqulay ob-havo sharoitlaridan himoya qilish choralari inobatga olingan va Tokio-2020 tashkiliy qoʼmitasi, XOQ va Xalqaro federatsiyalar (IFS) bilan kelishilgan va bularning barchasi 2021 yilda toʼliq amalga oshiriladi.
Bayonotimizda aytilganidek, ushbu murakkab paytda sportchilarni qoʼllab-quvvatlash uchun biz “Athlete365” platformasidagi resurslarimizni oshirdik.
Shunday qilib, ular quyidagilar haqida xulosa qilishdi:
- Sizga Olimpiya oʼyinlari va malaka tizimiga oid keyingi oʼzgarishlar toʼgʼrisida xabar berish;
- “Athlete365” platformasida mavjud boʼlgan manbalar va maʼlumotlar, shu jumladan, sportchilarni tayyorlash, aqliy va jismoniy salomatlik boʼyicha tavsiyalar, shuningdek, antidoping maʼlumotlari va vazirlik, WADA va ITA (xalqaro sinov agentligi) tomonidan yangilanishlar yanada koʼpaytirilgan.
Shuningdek, xalqaro federatsiyalar nomidan bizni qoʼllab-quvvatlaganliklari uchun Tokio-2020 tashkiliy qoʼmitasi va Yaponiya hukumatiga oʼyinlarni yangi sanalarda oʼtkazish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz.
Bilamizki, koʼpchiligingiz shaxsiy hayotda ham, sportda ham nihoyatda qiyin vaziyatlarga duch kelmoqdasiz. Biz 2021 yilda sport hamjamiyatining alohida bayramida toʼplanib, bunday ogʼir vaziyatdan keyin barchamizni birlashtirgan sport anjumanini oʼtkazishga ishonamiz.
Sogʼlom, kuchli boʼlishingizni va oʼzingizni asrashingizni istaymiz.
XOQ Sportchilar komissiyasi