Free ebooks Library zlibrary project

Chin oʼlkasida boshlangan koronavirus bugungi kunga kelib butun dunyo boʼylab tarqalib boʼldi. Xitoy esa ayni paytga kelib, kasallikni deyarli yengib boʼldi va mamlakatda hayot yana “jonlana” boshladi. Xususan, bir qator provintsiyalarda ishlar boshlandi, jamoat transportlari harakatlanishiga ruxsat berildi. Yana bir ahamiyatlisi ushbu mamlakat ogʼir atletika murabbiylari test rejimida ichki chempionatini oʼtkazdi.

 

Ushbu sinov musobaqasidan asosiy maqsad karantindan soʼng atletlarning jismoniy va texnik holatini koʼzdan kechirishdan iborat boʼldi. Shu bois xitoylik murabbiylar sinov musobaqasiga erkaklar va ayollar oʼrtasida Tokio Olimpiadasiga daʼvogar boʼlgan ishtirokchilarini qoʼyishdi. Taʼkidlanishicha, yakuniy natijadan murabbiylarning koʼngli deyarli toʼlgan.

MOQ – Olympic.uz