Free ebooks Library zlibrary project

Ispaniya Olimpiya qoʼmitasi Xitoy Olimpiya qoʼmitasi tomonidan sovgʼa qilingan 9000 ta niqobni qabul qilib olganligini maʼlum qildi.

– Biz Xitoy Olimpiya qoʼmitasining hozirgi vaqtda bizga bagʼrikenglik namunasini koʼrsatganidan juda minnatdormiz, – dedi Ispaniya Olimpiya qoʼmitasining prezidenti Аlexandro Blanko. – Bu pandemiya davom etayotgan bugungi kunda daryodan tomchidek tuyulsa ham ularning bu himmati juda yuqori baholanishi kerak.

Аlexandro Blankodan COVID-19 pandemiyasi davom etayotgan hozirgi paytda sport olami qanday qilib oʼziga kelishi mumkinligi haqida soʼrashganida, sportchilarning salomatligidan xavotirda ekanligini, bu qanday davom etishini ehtiyotkorlik bilan kuzatayotganligini bildirdi.

Xitoy Olimpiya qoʼmitasining Ispaniya Olimpiya qoʼmitasiga hayriyasi Xalqaro olimpiya qoʼmitasining sobiq prezidenti Xuan Аntonio Samaranch jamgʼarmasining koʼmaklashuvi bilan amalga oshirildi.

– Xitoy Olimpiya qoʼmitasi Ispaniya sportidagi vaziyatdan tashvishda ekanligini anchadan beri bildirib kelayotgan edi, – deydi Xuan Аntonio Samaranch jamgʼarmasining rahbari kichik Samaranch.

Kichik Samaranch, shuningdek, Xitoy Olimpiya qoʼmitasining Ispaniya Olimpiya qoʼmitasiga hayriyasi ispan sportchilariga niqob sovgʼa qilish orqali ular salomatligini himoyalash maqsadini koʼzlaganligini alohida taʼkidladi.

Maʼlumki, Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni boʼyicha hozir jahonda АQShdan keyin ikkinchi, Yevropada esa birinchi oʼrinni egallab turibdi. 20 apreldagi rasmiy maʼlumotlarga koʼra, Ispaniyada koronavirusga 200 ming 210 kishi chalingan, bu infektsiyadan 20 ming 852 kishi vafot etgan.

 

Milliy olimpiya qoʼmitasi

Olympic.uz