Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Agar siz biror shirin narsani tanovul qilishni istasangiz, unda oʼz raʼyingizni qaytarmang. Bizning tvorogli fitnes-retseptimiz nafaqat shirinlikni sevadiganlar, balki qomatiga jiddiy qaraydiganlar uchun ham ajoyib tavsiyadir.

Yengil va mazali boʼlgani uchun, sizga zararli tuyuladigan pirog va tort oʼrnini ham bosadi. Buni amalda sinab koʼring!

Buning uchun bizga nima kerak:

 

  • tvorog, yaxshisi kam yogʼli – 300 g;
  • bugʼdoy yormasi – 70 g;
  • taʼbingizga qarab meva, masalan, olma – 370 g;
  • Tuxum – 1 dona;
  • Soda – ½ choy qoshiq

Qanday tayyorlanadi?

  1. Pishirigʼimiz yopishib qolmasligi uchun pishiradigan idishning ostki qismiga ozgina yorma sepamiz.
  2. Tvorogni maydalangan meva, tuxum, soda va ikki osh qoshiq yorma bilan aralashtiring.
  3. Har birini qolipga solamiz, ustiga ozgina yorma qoldigʼini sepib, meva boʼlaklari bilan bezaymiz. Haroratni 180 darajaga oʼrnatib, 20-30 daqiqa davomida pechga qoʼyamiz.

Tvorogli pishirigʼimiz tayyor boʼlishi uchun faqat biroz kutishimiz qoldi. Keyin esa yoqimli ishtaha!

 

MOQ

Olympic.uz