Bugun Olimpiya oʼyinlari va uning saralash bosqichlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan 3 nafar sportchimiz Nigora Tursunqulova, Husniddin Аliqulov hamda Muhammadkarim Xurramov tavallud ayyomini nishonlashmoqda.
Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Nigora Tursunqulova 1999 yil 4-aprel kuni Jizzax viloyatida tugʼilgan. Taekvondochimiz hozirda Tokio Olimpiadasiga yoʼllanma beruvchi musobaqaga jiddiy hozirlik koʼrmoqda.
Futbol boʼyicha Oʼzbekiston Olimpiya terma jamoasining isteʼdodli himoyachisi, terma jamoaning boʼlajak yulduzi deya eʼtirof etilayotgan Husniddin Аliqulov 1999 yil 4-aprel kuni Qashqadaryo viloyatida tugʼilgan.
Dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov 1997 yil xuddi shu sanada Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Polvonimiz hozirda -100 kg vazn toifasida Olimpiya oʼyinlariga yoʼllanma beruvchi pogʼonada turibdi.
Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi sportchilarimizni bugungi tavallud ayyomlari bilan tabriklab, ularga mustahkam sogʼlik va ulkan gʼalabalar tilab qoladi.
Olympic.uz