Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) koʼpchilik mamlakatlarda koronavirus infektsiyasi tarqalgan sharoitda tennis boʼyicha jahondagi 164 mingdan trenerlarni qoʼllab-quvvatlash uchun ularga ITF Аkademiyasining platformasida karatin paytida bepul maxsus taʼlim resurslarini ochdi.

Ushbu platformada 340 mingtadan koʼproq nazariy materiallar – videodarslar, tennis sporti boʼyicha eng soʼnggi ilmiy tadqiqotlar natijalari bayon qilingan nazariy maqolalar joylashtirilgan. Bundan tashqari ITF Аkademiya birinchi marotaba onlayn kurslarni ham taqdim etdi.

Mazkur onlayn kurslari sportchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarini – “Strategiya va taktikaga kirish”dan boshlab “Trener etikasi”gacha boʼlgan mavzularni qamrab olgan. Bundan tashqari har hafta kurslar mavzulariga yangi maʼruzalar kiritiladi. Ular, jumladan “Maqsadni belgilash”, “Ota-onalar tennisda”, “Taʼlim uslubiyoti” kabi kurslarni ham qamrab olgan.

Platformaga 13 tildagi ITFning 150 tadan koʼproq elektron kitoblari ilova qilingan. Ular ichida nihoyatda mashhur hisoblangan “Trenerlar uchun mukammal qoʼllanma”ham bor.

– Bugungi kunda sport jahonda eng ustuvor oʼrinni egallab turmayotgan boʼlsa ham, biz taqdim etayotgan taʼlim resurslari juda koʼp mutaxassislar uchun foydali boʼladi degan umiddaman, – deydi Xalqaro tennis federatsiyasining prezidenti Devid Xaggerti. – Ular paydo boʼlgan imkoniyatdan foydalangan holda oʼz mahoratlarini oshirishlari mumkin. Platformamiz faqat trenerlar uchungina emas, shuningdek oʼyin texnikasini oshirish niyatida boʼlgan yosh tennischilarga ham asqotadi.

Olympic.uz