Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xalqaro olimpiya qoʼmitasi koronavirus pandemiyasi tufayli Tokiodagi Olimpiya oʼyinlari 2021 yilga koʼchirilganligi bilan bogʼliq eng koʼp berilayotgan savollarga javoblar berilgan hujjatni tayyorladi. Ularda Olimpiya oʼyinlari muddatini oʼzgartirish juda murakkab jarayon ekanligiga eʼtibor qaratiladi.

XOQning Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi hozirgi paytda “Tokio-2020” Tashkiliy qoʼmitasi, sportning yozgi olimpiya turlari boʼyicha xalqaro sport federatsiyalari, 206 ta milliy olimpiya qoʼmitalari, sportchilar, homiylar, sheriklar, koʼrsatish va eshittirish kompaniyalari bilan ish olib bormoqda. Muvofiqlashtiruvchi komissiya Olimpiya oʼyinlari kelgusi yilga koʼchirilishi bilan bogʼliq turli masalalarni koʼrib chiqmoqda.

Maʼlumki, “Tokio-2020” oʼyinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha boʼlib oʼtadi. Shu tariqa Olimpiya oʼyinlari tarixda birinchi marta boshqa muddatga koʼchirildi.

XOQning 2020 yilgi Olimpiya oʼyinlarini koʼchirish toʼgʼrisidagi qarori Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda, mamlakat Bosh vaziri Sindzo Аbening shaxsiy ishtirokida birgalikda qabul qilindi va bu koronavirus tarqalishining oldini olishga koʼmaklashish, eng avvalo, Olimpiya oʼyinlarida ishtirok etayotgan hamma odamlarning, xususan sportchilarning sogʼligʼini saqlash toʼgʼrisida gʼamxoʼrlik qilish maqsadini koʼzlab qilindi.

Bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinmadi, chunki XOQ oʼzining tavakkalchiliklarni boshqarish, shu jumladan sugʼurtalash boʼyicha siyosati tufayli har qanday holatda oʼz faoliyatini davom ettirish va Olimpiya oʼyinlarini oʼtkazish boʼicha oʼz vazifalarini bajarish imkoniyatlariga ega.

XOQning ayrim asosiy sheriklari bilan bitimlarining muddati 2020 yilda tugashi munosabati bilan Tashkilot kelishuvlarni saqlab qolish va bu Olimpiya oʼyinlari koʼchirilishi bilan bogʼliq boʼlmasligi yuzasidan qaror qabul qildi. Milliy sheriklar huquqlarini kengaytirish “Tokio-2020” Tashkiliy qoʼmitasi bilan muhokama qilinadi.

Olimpiya oʼyinlarini koʼchirishni muhokama qilishda olimpiyachi sportchilarning fikrlari muhim rolь oʼynadi. XOQ ham XOQ Ijroiya qoʼmitasining aʼzosi, ham Sportchilar komissiyasining raisi boʼlgan Kirsti Koventri bilan doimiy qalin aloqadadir. XOQ Prezidenti Tomas Bax atletlarning 200 nafaridan koʼprogʼi bilan maslahatlashuvlarda ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiya qoʼmitasining boshligʼi Tokiodagi Olimpiya oʼyinlari hozirgi murakkab sharoitlarda umid nuri boʼlishini koʼp marta taʼkidlagan. Аna shundan kelib chiqqan holda Olimpiya mashʼalasini Yaponiyada saqlab qolish va “Tokio-2020” nomini oʼzgartirmaslikka qaror qilindi.

Tomas Baxning aytishicha, musobaqlarni butunlay bekor qilish hech vaqt muhokama qilinmagan, chunki bu 11000 sportchi va 206 milliy olimpiya qoʼmitasi, XOQ Qochoqlar olimpiya komandasi, shuningdek tashkilotchilar, ishqibozlar va olimpiya harakati barcha vakillarining umidlarini soʼndirardi.

Yil davomida XOQ faqat Tokiodagi Olimpiya oʼyinlarini tashkil etish bilan shugʼullanibgina qolmasdan, shuningdek boshqa yirik musobaqalar: Pekindagi 2022 yilgi qishki Olimpiya oʼyinlari va Dakardagi 2022 yilgi oʼsmirlar Olimpiya oʼyinlariga eʼtibor berishi kerak.

Аftidan, xalqaro sport federatsiyalariga oʼz musobaqalari muddatlariga oʼzgartirishlar kiritish, sportchilarga – yangi muddatlarga moslashish talab qilinadi.

Hozirgi paytda XOQ va «Here We Go!» ishchi guruhi barcha manfaatdor tomonlar bilan Tokiodagi Olimpiya oʼyinlariga saralashning yangi tizimini kelishmoqda. Bunda ega boʼlingan 57 foiz litsenziyalar ular qoʼlga kiritganlarda saqlab qolinadi, kvalifikatsiya davri 2021 yil 27 iyunda tugaydi. Bu Yaponiya bilan kelishuvga muvofiq, Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiya oʼyinlari 2021 yildagi XXXII Olimpiya oʼyinlari boʼlib qolishi sabablidir.

Bundan tashqari, Olimpiya xartiyasi printsiplariga muvofiq milliy olimpiya qoʼmitalari Tokiodagi Olimpiya oʼyinlarida ishtirok etish uchun sportchilarni tanlash huquqini saqlab qoladi.

“Tokio-2020” Tashkiliy qoʼmitasiga olimpiya musobaqalariga sotilgan chiptalar masalasini hal qilish kerak boʼladi. Yaponiya tomoni, shuningdek Olimpiya oʼyinlarida Olimpiya qishlogʼi boʼlishi uchun hamma choralarni koʼradi, chunki oʼsha yer Olimpiada yuragi boʼladi.

Hujjatda XOQning 185 ta milliy olimpiya qoʼmitasining 1600 ta sportchisi va XOQning Qochoqlar olimpiya terma jamoasini qoʼllab-quvvatlash davom ettirilishi alohida taʼkidlanadi. XOQning “Olimpiya birdamligi” tomonidan bu haqda tegishli qaror qabul qilingan.

Tokiodagi Olimpiya oʼyinlarining koʼchirilishi boʼlajak musobaqaga mezbonlik qiladigan mamlakatni tanlash uchun masʼul komissiya ishiga taʼsir koʼrsatmaydi. Bundan keyin ham musobaqalar barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz boʼlgan sharoitlarda oʼtkaziladi.

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

olympic.uz