Bizga maʼlumki, antiseptiklar dezinfektsiyalash vositalaridir. Barchamizga tanish boʼlgani bu gel odatda plastik idishlarda saqlanadi. Biroq tabiat allaqachon oʼz antiseptiklarni «yarata boshladi». Hayratlanarli, shunday emasmi?
Albatta, bu biz oʼrgangan antiseptiklar emas. Siz ularni qoʼlingizga surtmaysiz va ularni darhol himoya qilish vositasi sifatida qoʼllamaysiz. Ammo ularning foydasi ham kam emas.
Tabiiy antiseptiklar – bu glikozidlar, taninlar yoki fitontsidlar boʼlgan oziq-ovqat mahsulotlari. Ularning yordami bilan bakteriostatik taʼsirga ega mahsulotlar mikroorganizmlarning ortishi va koʼpayishining oldini oladi.
Rukola
Koʼpincha salatlarda ishlatiladigan mazali koʼkatlar mamlakatimizda yaqinda ommalasha boshladi. Endi uni deyarli barcha supermarketlar, doʼkon va bozorlardan sotib olish mumkin. Taʼmi ozgina achchiq, fitontsid, glikozid va organizmga yordam beradigan efir moylari mavjud.
Ananas
Ushbu ekzotik meva barchamizga allaqachon tanish. Ananas vitaminlarga boy. Unda tanamizning mikroorganizmlar bilan kurashishga yordam beradigan maxsus biriktiruvchi moddalari mavjud. Meva tarkibidagi bromelayn fermenti oqsillarni hazm qilishga yordam beradi. Ananasni haddan tashqari koʼp olib ketishning keragi yoʼq. Lekin meʼyorida isteʼmol qilish organizmingizni mustahkamlashga yordam beradi.
Milliy olimpiya qo’mitasi
olympic.uz