Karantin va oʼzini izolyatsiya qilish sharoiti koʼplab sportchilarimiz uchun yangilikdir. Bu muqarrar ravishda stressga olib keladi. Bunday vaziyatda parhez qilish qiyin kechadi. Sportchi uchun yana bir salbiy omil – bu musobaqalarni nomaʼlum muddatga bekor qilinishidir. Bu toʼgʼri ovqatlanish motivatsiyasini kamaytiradi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun biz karantin paytida atletlarimizga sport formalarini yoʼqotmaslikka yordam beradigan oddiy usullarni taklif etamiz.
Oʼz-oʼzini nazorat qilish. Ovqatlanish kun tartibini nazorat qilishning muhim usuli taomni fotosurat shaklida saqlashdir. Biror narsa yeyishdan oldin uni rasmga olasiz.
Fotosuratlar ratsionni xolis baholash va oʼz vaqtida tuzatishga yordam beradi.
Ovqat hajmini aniqlash uchun yuqoridagi rasmda koʼrsatilganidek, oʼlchov vositasi sifatida tarelka yoniga kaftingizni qoʼyishingiz kerak.
Taomnomani xolis baholash uchun markaz tezkor shtabi sport nutritsiologi (ovqatlanish boʼyicha mutaxassis) bilan aloqa oʼrnatdi. U istalgan paytda savollarga javob berishga tayyor.
Teri ajinlarining vazni, hajmi va qalinligini kuzatib boring. Ertalab, och qoringa, hojatxonaga borgandan keyin shaxsiy vaznni oʼlchab koʼrish lozim. Dinamikani bilish uchun ogʼirlik qayd etib borilishi kerak. Haftada bir marta hajmlar oʼlchanadi va yogʼ miqdori hisoblab chiqiladi.
Past jismoniy faollik asosida ratsioningizni rejalashtiring. Afsuski, uydagi mashgʼulotlar asosiy mashgʼulot davrida boʼlgani kabi bir xil yuklamani taʼminlamaydi, isteʼmol qilingan kaloriyalar soni esa bir xil darajada qolmoqda. Yoki kamaytirilgan yuklamalar fonida ishtaha tushadi va sportchi vazn yoʼqotishni boshlaydi. Shuning uchun ovqatlanishning kaloriya tarkibi toʼgʼri tanlanishi kerak. Ratsioningiz ehtiyojga javob beradigan asosiy mezon bu ogʼirlik va hajmda ijobiy yoki salbiy dinamikaning yoʼqligi. Agar vazn oʼsishni boshlagan boʼlsa – koʼp ovqatlanyapsiz, aksincha, pasaya boshlasa – bu yetarli emas.
Yordam uchun professionallarga murojaat qilishga tortinmang. Biz siz uchun bu qiyinligini tushunamiz. Shuning uchun sizga yordam berishni oʼz burchimiz deb bilamiz. Markazning dietologining Telegramdagi sahifasi sutkasiga 24 soat davomida ishlaydi. Murojaatlaringizni +998903709602 raqamiga yuborishingiz mumkin.
MOQ
Olympic.uz