Harakat, hissiyotlar, gʼalaba, atletlar plastikasi, xullas, sport har doim sanʼat ahli vakillari uchun ilhom manbai boʼlib kelgan. Oʼnlab ijodkorlar avlodi haykaltaroshlik, rassomlik, qoʼlyozma va hokazolar orqali insonning jismoniy goʼzalligi va plastikasiga murojaat qilishgan.
Taniqli frantsuz sport va jamoat arbobi, zamonaviy Olimpiya harakati asoschisi Pьer de Kuberten shunday deydi:
“Sportga sanʼatning manbai va u bilan mashgʼul boʼlish uchun qulay sabab sifatida qarash kerak. Negizida sportchilar tasvirlangan tirik haykallar haqiqiy sanʼat asariga aylanadi. Uning sharafiga goʼzal imoratlar quriladi, tomosha va tantanalar uyushtirilishi bilan ham goʼzallik manbai. Shunday qilib, Pьer de Kuberten sport va sanʼat uygʼunligini mustahkamlash zarurligini doimo taʼkidlab oʼtgan. Uning fikricha, sport ijodkorlik uchun manba va ilhom boʼlishi kerak.
Sport va haykaltaroshlik
Antik davrdan boshlab haykaltaroshlik sanʼati sport mavzusiga qaratilgan. Koʼplab taniqli haykaltaroshlar sportchining eng keskin harakati chogʼida inson holatini aks ettirib, oʼzlarining noyob tasviriy tilini yaratishga muvaffaq boʼlishdi.
BATAFSIL – Olympic.uz !
Olympic.uz – eng yaxshi sport yangiliklari sayti!