Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Sogʼlom turmush tarzi toʼgʼri ovqatlanish bilan chambarchas bogʼliq! Аyni uyda ekanligimizda, kichik oshpazlik tajribalarini oʼtkazish fursati keldi. Shuning uchun sizga oddiy, ammo nihoyatda mazali taom tayyorlashni taklif qilamiz.

Bugun siz bilan foydali kotletlar tayyorlash retseptini baham koʼramiz.

Maʼlumot uchun: Tovuq filesi sportchi taomnomasidagi eng muhim ovqatlardan biridir. Bu parhezli va yogʼsiz goʼsht tarkibida juda koʼp protein mavjud, tarkibida uglevod va yogʼlar deyarli yoʼq. Аytish mumkinki, 100 gramm tovuq goʼshti tarkibida 23,6 gramm protein, 1,9 gramm yogʼ va 0,4 gramm uglevod mavjud. Bundan tashqari, koʼplab V vitaminlari (V2, V6, V12), A, E, shuningdek, magniy, kaltsiy va selen mavjud.

Nima qilish kerak?

– 700 gr tovuq filesi;

– 200 gr sabzi;

– 2 dona piyoz;

– 2 dona tuxum;

– taʼmga koʼra koʼkatlar;

– oʼsimlik yogʼi.

Qanday tayyorlanadi?

  1. Tovuq filesi mayda kubiklarga boʼlinadi yoki katta tishli goʼsht qiymalagich orqali maydalanadi, toʼgʼralgan sabzi, maydalangan piyoz va maza berish uchun toʼgʼralgan koʼkatlarni qoʼshamiz.
  2. Tuz, 2 ta tuxum va taʼbga koʼra ziravorlar qoʼshamiz.
  3. Qoshiqdan foydalanib, kotletlar hosil qilamiz va uni yaxshilab isigan tovacha ustiga qoʼyamiz. Qotletlarni ikki tomonidan 3 daqiqa qovuring.
  4. Oʼzingiz yoqtirgan garnirlar yoki sabzavot qoʼshing.

Ushbu oddiy taomni pishirishga harakat qilib koʼring, albatta sizga manzur boʼladi.

Yoqimli ishtaha!

 

MOQ

Olympic.uz