Free ebooks Library zlibrary project

CITIUS – ALTIUS – FORTIUS — eng mashhur iboralardan biri boʼlib, sportchilarni koʼp bora yangi rekordlar va gʼalabalar sari ilhomlantirgan. Аmmo Olimpiya harakatining shiori qanday paydo boʼlganligini kamdan-kam odam biladi.

Olimpiya shiori uchta lotin soʼzlaridan iborat: CITIUS – ALTIUS – FORTIUS, tarjima qilinganda “TEZROQ — BАLАNDROQ — KUChLIROQ“ maʼnolarini anglatadi. Mazkur uchta soʼz barcha medallar hamda Olimpiya mashʼalasida zarb urilgan boʼlib, sportchilarni musobaqalarda bor kuch-mahoratlarini safarbar qilishga undaydi.

Koʼpchilikning taxminicha, ushbu uchar iboraning kelib chiqishi dastlabki Olimpiya Oʼyinlari davriga borib taqaladi. Garchi qadimgi Olimpiya oʼyinlari miloddan avvalgi 776 yilda Qadimgi Yunonistonda paydo boʼlganligi azaldan maʼlum boʼlsa ham, lekin yunonlarda bellashuvlar uchun muayyan shiori boʼlgan yoki boʼlmaganligi borasida tarixda biror dalil yoʼq. Аmmo bu ularga maʼqul kelishi muqarrar edi: mukammallik sari intilish va gʼalaba qozonish irodasi hozirgi paytdan qolishmas darajada edi.

Batafsil – Olympic.uz