Bugungi kunda jahon sportida natijalarning muntazam ravishda keskin oʼsib borishi, rekordlarning yangilanishi, musobaqa qoidalarining oʼzgarishi, sport tibbiyotining takomillashuvi (tibbiy jihozlar, diagnostika, farmakologiya, davolash usullari va hokazo), zamonaviy sport jihozlari bilan taʼminlanishi, sport mashgʼulotlarini rejalashtirish va tashkillashtirish, boshqaruv usullaridan samarali foydalanish kabilar ilmiy yondashuvni talab qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sportga ixtisoslashgan maxsus ilmiy laboratoriyalar mavjud boʼlib, ular zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan.
Yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimida trenerlar jamoasidan tashqari bir guruh ilmiy xodimlar, sport psixologlari, tibbiyot xodimlari, menejerlar va boshqalar ishtirok etadi. Аna shunday yondashuvni xozirgi kunda boks sport turi rivojida koʼrishimiz mumkun.
Rio Olimpiadasi boshlanishidan avval boks boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi Braziliyaning San-Paulo shahrida Olimpiada oldi 18 kunlik oʼquv-yigʼin mashgʼulotlarini oʼtkazdi. Bu esa Oʼzbekiston boks federatsiyasi rahbariyati tomonidan puxta oʼylangan strategik reja edi. Ilmiy xulosalarga koʼra, Okean ortida kun tunning oʼzgarishi, dengiz sathining darajasi, iqlimning oʼzgarishi va boshqa omillar sport turlari ixtisosligiga qarab sportchilarning sport formasiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Hisob kitoblarga qaraganda, ayni bokschilarning sport formasining choʼqqisi Braziliyaga kelgandan keyin 18-21 chi kunlarga toʼgʼri keladi. Аgarda trenerlar jamoasi bokschilarimizni Rio-De-Janeyroning Olimpiya shaharchasida olib kirib, oʼquv yigʼinlarini oʼtkazganda edi, yuqori natijalarga erishmagan boʼlar edik. Chunki Olimpiya shaharchasining oʼziga yarasha salovati boʼlib, uzoq muddat bir joyda mashgʼulot olib borish, u yerlarda oʼzlarining boʼlajak raqiblari holatini bilib turish sportchiga psixologik bosim oʼtkazishi tayin. Bu holatni sport mutaxassislari juda yaxshi biladi. Shuning uchun trenerlar jamoasi va federatsiya rahbariyati San-Paulo shahrida oʼquv-yigʼin mashgʼulotlarini oʼtkazishga qaror qildi.
Batafsil MOQ saytida tanishing
Milliy olimpiya qoʼmitasi
Olympic.uz