Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbek sport qilichbozlik tarixi 1950 yillardan boshlanadi. Oʼzbekiston qilichbozlari birinchi marta SSSR Birinchi spartakiadasidagi musobaqalarda ishtirok etishgan.

Rapirachi Sobirjon Roʼziev oʼzbek sportchilaridan birinchi boʼlib Jahon chempionati va Olimpiya oʼyinlari shohsupasiga koʼtarilgan. 1974, 1975 va 1981 yillarda u jahon chempioni boʼlgan, 1980 yilgi Olimpiya oʼyinlarida jamoaviy bahslarda kumush medalni qoʼlga kiritgan.

1992-1995 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʼmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 1995-2003 yillarda – Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasining prezidenti lavozimida mehnat qildi. U Oʼzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti ham boʼlib ishladi.

1998 yilda Xalqaro Olimpiya qoʼmitasining kumush, 2002 yilda Milliy Olimpiya Qoʼmitalari Assotsiatsiyasi oltin ordeni bilan taqdirlangan.

MOQ

Olympic.uz – eng zo’r yangiliklar sayti!