Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Maʼlumki, Olimpiya oʼyinlari XIX asrda emas, balki Qadimgi Yunonistonda, antik davrdayoq oʼtkazilgan. Zamonaviy Olimpiya harakatining tarixiga esa 120 yildan oshdi (1894 yilda Olimpiya oʼyinlarini qayta tiklash boʼyicha Kongress oʼtkazilgan), Qadimgi Olimpiya oʼyinlari tarixi ming yildan ortiqroq davrni oʼz ichiga oladi. Bugun biz sizlarga Qadimgi Yunonistonda oʼtkazilgan Olimpiya oʼyinlari haqida qiziqarli faktlardan bir nechtasini keltirib oʼtmoqchimiz.

Birinchi Olimpiya oʼyinlari miloddan avvalgi 776 yilda boʼlib oʼtgan. Biroq koʼpchilik tarixchilarning fikricha, Olimpiada undan oldin xam oʼtkazilgan boʼlishi mumkin.

Oʼsha vaqtlarda Olimpiada faqat bir kun davom etgan. Maʼlum muddat oʼtgach, bu vaqt 5 kungacha choʼzilgan. Xar bir kun maʼlum bir musobaqa uchun ajratilgan. Dastlabki Olimpiya oʼyinlarida faqatgina bitta musobaqa – yugurish boʼlgan (192,27 metr masofaga). Аsta-sekin Olimpiya dasturlariga yangi musobaqalar – disk uloqtirish, kurash, aravachalar poygasi, uzoqqa sakrash va kuch sinashish kabilar kiritilgan.

BATAFSIL – olympic.uz