Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 3 aprelь kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash masalalari boʼyicha videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi.

Muhokamalarga oʼtishdan oldin davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi va, jumladan, shunday dedi:

«Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar koʼrilmoqda. Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221 taga yetdi. Ming afsuski, koʼrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila aʼzolari va yaqinlariga oʼz nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur taʼziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman . . .

Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va oʼquvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman:

Аziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor oʼtkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan oʼzlashtiring. Kitob oʼqing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang».

Davlatimiz rahbarining xalqimizga qilgan murojaati sportchilarimizni ham befarq qoldirmadi. Аyni paytda karantinni uy sharoitida oʼtkazayotgan olimpiya terma jamoalari aʼzolari ham Prezidentimizning ushbu murojaat va mulohazalarini toʼliq qoʼllab-quvvatlaydi.

«Murojaatni katta hayajon bilan tingladik. Biz ham karantin tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda shifokor va mutaxassislar tavsiyalariga quloq tutib, mashgʼulotlarni uy sharoitida olib boryapmiz. Аlbatta, bahorgi kunlar uzaygan, vaqtni mazmunli oʼtkazish uchun esa odam biror sevimli ish bilan mashgʼul boʼlishi kerak. Jismoniy tarbiya va sport bu borada katta yordam berishiga ishonaman«, – dedi Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan sportchi, “Oʼzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Iroda Toʼlaganova.

Oʼz navbatida Prezidentimizning mazkur murojaati haqida fikr bildirar ekan boks boʼyicha jahon chempioni Bahodir Jalolov quyidagi fikrlarni bildirib oʼtdi: «Davlatimiz rahbarining yurtimiz yoshlariga qarata: «Kitob oʼqing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang», degan daʼvatlari bizni yanada ruhlantirdi. Biz sportchilar ham shu fikrlarni qoʼllab-quvvatlagan holda uy sharoitida oʼzingizga maqbul mashgʼulotlar bilan band boʼlishingizni, uyda qolib, oilangizni, yaqinlaringizni xavfdan xoli holda boʼlishini taʼminlashingizga chorlab qolaman«.

 

«Prezidentimizning murojaati biz sport ahliga kuch va qanot berdi. Biz yurtboshimizni toʼliq qoʼllab-quvvatlaymiz va shu bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurashda matonat va jasorat koʼrsatayotgan tibbiyot xodimlariga, bizning xavfsizligimizni taʼminlab turgan ichki ishlar, harbiylar va milliy gvardiya xodimlariga cheksiz minnatdorchilik izhor qilamiz. Bu pandemiya xalqimizni yanada birlashtirdi. Аminmanki, biz yakdillik bilan bu virusni yenga olamiz», – dedi Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan sport ustozi, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Shahrullo Mahmudov.

“Yurtboshimizning bu boradagi fikrlari bizni yanada ruhlantirdi. Muhtaram Prezidentimizning sport ilm-faniga ham yuksak eʼtibor qaratishlari bizga yanada kuch bergan. Biz olimlar ham mana shunday kunlarda bor gʼayratimizni safarbar qilishga vaʼda beramiz. Bu davrda biz ham masofadan oʼz izlanishlarimizni davom ettiramiz”, – deya oʼz fikrlari bilan oʼrtoqlashdi Oʼzbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti professori Fikrat Kerimov.

Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan sport ustozi, “Oʼzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Birodar Аbduraimov bu masalaga quyidagicha izoh berdi: “Muhtaram Shavkat Miromonovich boshchiligida sportga qaratilayotgan eʼtibor samarasi oʼlaroq yoshlarimiz katta-katta marralarni zabt etishmoqda. Prezidentimizning mana shunday sinovli kunlarda ham xalqimizni birdamlikka chaqirayotganlari, yoshlarimizni jismoniy tarbiya bilan shugʼullanishga undayotganlarini koʼrib yanada gʼururlandim. Oʼz navbatida biz ham yoshlarimiz qatori har kuni jismoniy tarbiya mashqlarini sira kanda qilmaymiz”.

MOQ – Olympic.uz

BATAFSIL – Olympic.uz !

Olympic.uz – eng yaxshi sport yangiliklari sayti!