Bolalikdan beri bizga irimlar hamroh boʼlib kelgan. Ularning aksariyati, odatda, vaqt oʼtishi bilan unutiladigan oʼz tarixiga ega. Baʼzi harakatlar natijasida olingan maʼlum bir natija ong ostida faqat xotira boʼlib qoladi. Ularni yana takrorlab, avvalgiga oʼxshagan natijaga erishishga oʼzimizni ishontirib qolganmiz. Shunday qilib, ritual – sportga xos “ibodat marosimi” paydo boʼlgan.
Faoliyatning koʼplab sohalarida oʼziga xos «ibodat marosimlari» mavjud va sport ham bundan mustasno emas. Musobaqa kunlarida yakka tartibda ishlab chiqilgan harakatlar yoki bir qator qoʼshimcha cheklovlar sportchiga ruhiy kuchni saqlash va musobaqada hayajonni yengib oʼtishga yordam beradi.
Sportchilar hech kimda uchramaydigan alomat va ishoralarga ishonishadi: tumorlar va «omadli» kiyimlar ularning psixologik kayfiyati yaxshilanishida ajralmas qismdir. Har bir sportning oʼziga xos alomatlari bor: stadionga kirgan futbolchi maydonga qoʼllari bilan tegib oʼtishadi, xokkeychilar pley-off oʼyinlari boshida soqol qoʼyishadi, basketbolchilar mashgʼulot paytida oxirgi toʼp savatga tushguncha harakat qilishadi va figurali uchuvchilar konьkilari gʼilofi qatʼiy parallel turishini diqqat bilan kuzatib borishadi.
Qolgan koʼplab sportchi va murabbiylarning shaxsiy irimlari bor, baʼzilari hatto gʼayrioddiy. Bugun aynan shular haqida aytib beramiz.
Munajjimlar bashorati boʼyicha tanlov mezonlari.
Maʼlum boʼlishicha, baʼzi murabbiylar oʼyin uchun sportchilarni tanlayotganda nafaqat jismoniy maʼlumotlar, balki munajjimlar bashoratiga ham eʼtibor qaratishadi. Futbol boʼyicha Frantsiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Raymon Domenekni shubhasiz dunyoning eng taniqli murabbiy-astrologi deb atash mumkin. U yulduzlar bashoratining ashaddiy ishqibozi boʼlgan va hech qachon Chayon va Arslonlarni jamoaga olmagan.
Domenek bu borada yolgʼiz emas … Moskvaning «Spartak» klubi bosh murabbiyi Murat Yakin ham mashgʼulotlar davomida munajjimlar bashoratiga qatʼiy amal qilishini tan oldi.
Batafsil MOQ saytida!
Milliy olimpiya qoʼmitasi
Olympic.uz