Free ebooks Library zlibrary project

Futbol boʼyicha tarixiy oʼyinlarni qabul qilgan, Rio-2016 Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlarining ochilish va yopilish marosimlarini qabul qilgan Braziliyadagi afsonaviy “Marakana” stadioni ushbu mamlakatdagi koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga boshpana boʼlmoqda.

Аyni paytda Braziliyada 3500 nafarga yaqin inson koronavirusga chalingan boʼlib, ulardan 93 nafari hayotdan koʼz yumgan. Shuningdek, ushbu mamlakatning katta shaharlaridagi yirik stadionlar ham bemorlarni qabul qiladigan maskanga aylandi.

Аyni paytda Yevropada ham vaziyat tobora jiddiylashib bormoqda. Shveytsariya esa ushbu qitʼaning epidemiya oʼchogʼiga aylangan maskanlaridan biri. Yil boshida uchinchi oʼsmirlar qishki Olimpiya oʼyinlariga mezbonlik qilgan Shveytsariyadagi atletlar shaharchasi ham hozirda virus bilan kasallangan bemorlarni qabul qilmoqda. Ushbu maskan 450 bemorga moʼljallangan. Butun mamlakatda esa 13 mingdan ortiq insonda virus alomatlari aniqlangan.

MOQ – olympic.uz