Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʼzini oʼzi yakkalash (samoizolyatsiya) paytida uyda qanday ishlash kerak? Bu savolga Knight Frank koʼchmas mulkni boshqarish boʼyicha direktori Mariya Zimina javob beradi.

  1. Ish kuningizni odatiy tartibda boshlang. Ofis nafaqat jismoniy makon, balki hayotingizda aniq belgilangan tartibdir. Shuning uchun uni shunday saqlash juda muhim. Tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, hatto masofadan turib ishlayotganda va dam olil kunlarida ham odatdagi jadvalga rioya qilish kerak – bir vaqtda uygʼonish, odatdagi soatlarda ishlash va ishni kechikmasdan bajarish. Odatda yoʼlda sarflagan vaqtingizni kuch toʼplab olish yoki mazali nonushta uchun sarflashingiz mumkin.
  2. Kuningizni rejalashtiring. Buni sizga eng mos keladigan tarzda bajaring – idoradagi maxsus organayzer qogʼozida. Asosiysi, oʼxshash vazifalar va fikrlaringizni guruhlash.
  3. Ish uchun kiyinishda oldingiday kiying. Bu gʼayrioddiy tuyuladi, lekin oʼzgaruvchan uy kiyimlari va kunlik ish rejasi sizni haqiqatan ham ish ritmiga soladi. Bundan tashqari, hamkasblar kutilmagan videoqoʼngʼiroqqa zudlik bilan bogʼlanish kerak boʼlib qolsa, bu katta yordam beradi.
  4. Jamoa boʼlib ishlash. Hamkasblar bilan aloqada boʼlib turing, bu sizni nafaqat ularga yaqinlashtiradi, balki izolyatsiya va tanholik hislaridan qochishga yordam beradi.
  5. Masofadagi uchrashuvlarni toʼgʼri oʼtkazish. Ularni samaraliroq qilish uchun baʼzi maslahatlar:
  • kun tartibini tuzing va unga rioya qiling;
  • uchrashuvda suhbatning surʼatini saqlaydigan va uchrashuvning boshqa ishtirokchilariga navbat berib turadigan moderator yoki yetakchi boʼlishi kerak. Masofadagi uchrashuvlar muammosi koʼpincha aytilgan dalillarni takrorlash va yoqimsiz yigʼish istagi bilan bogʼliq. Hamkasblar vaqtiga eʼtiborli boʼlishga harakat qiling va qisqacha, mohiyatan gapiring;
  • video aloqadan foydalanish – bu ishtirokchilar oʼrtasida aloqani yanada mustahkam qiladi va oldingi nutqini tugagani aniq boʼlmaganda, sizni xijolat qoʼyishdan va pauza qilishdan saqlaydi;
  • qoʼngʼiroqlarni «keyinroq»ga oʼtkazmaslikka harakat qiling: birinchi va oʼninchi videoaloqalar samaradorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
  1. Chegaralarni belgilang. Uydagilarga ish paytida sizni chalgʼitmaslikni tavsiya etib, ogohlantiring. Ish soatlarida eshikni yoping, bu sizni videokonferentsiyalar va onlayn qoʼngʼiroqlar paytida noqulaylikdan xalos qiladi, shuningdek, ishxona va uyning qolgan qismi oʼrtasida chegara yaratadi.
  2. Ish tartibiga rioya qiling. Uydagi ish maydoni har doim eng kichik tafsilotlariga qadar oʼylanishi kerak. Kun oxirida barcha fayllar va hujjatlarni bir joyga toʼplang, ofisni qismlarga ajratib oling – ish joyi ertalab tayyor turishi uchun hamma narsani hozirlab qoʼying.
  3. Ideal ish stolingizni toping. Ha, uyingiz ofisingizdek qulay boʼlishi gumon. Ammo tushkunlikka tushmang, oshxona stoli ham ish joyi sifatida mos keladi. Agar ish stoliga odatlanib qolgan boʼlsangiz, dazmol taxtasi sizga yordam berishi mumkin. Oddiy stol uchun ham, stend uchun ham juda yaxshi yechim – bu noutbuk uchun ham boʼladi – uning ekranini koʼz darajasida oʼrnatishingiz kerak (bu shifokorlar tavsiyasi). Buning uchun oddiy kitob yoki qogʼozlar toʼplami mos keladi.

 

MOQ – Olympic.uz