Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Karantin kunlarida birinchilardan boʼlib Oʼzbekiston velosiped federatsiyasi sportchilar orasida onlayn musobaqa oʼtkazdi. Dastlabki bellashuv ilk bor tashkil qilingani uchun ishtirokchilardan koʼp narsa talab etilmadi va reglament ham shunga mos sodda, tushunarli qilib ishlandi. Qoida oddiy: 30 soniya ichida kim koʼp yerga tayangan holda yotib-turish («otjimanie» qilish).

Musobaqada ishtirok etish uchun 109 nafar sportchimiz oʼz chiqishini hakamlar hayʼatiga taqdim qildi. Ishtirokchilar orasida 21 nafar qizlarimizning borligi yanada ahamiyatli koʼrsatkichdir. Demak, umumiy jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan ushbu kichik bahsning gʼolib va sovrindorlari bilan tanishing:

Yigitlar:

  1. Nikita Palchik (RIOZMI)
  2. Аrslan Gafarov (ChIOZMI)
  3. Suhrob Qurbonov (UIOZMI)

Qizlar:

  1. Nafosat Koziva (OʼzDJTSU)
  2. Renata Baymetova (OʼzDJTSU)
  3. Аnna Kulikova (FIOZMI)

Bellashuv gʼolib va sovrindorlari karantin yakunlanganidan soʼng federatsiyaning qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlanishadi. Bunday musobaqa, shubhasiz, sportchilarimizning karantin vaqtida boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, oʼzaro sogʼlom raqobat uygʼotish borasida katta ahamiyat kasb etadi. Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash mavzusida qilgan murojaatlarida jismoniy tarbiya bilan shugʼullanib borish borasida alohida toʼxtalib oʼtgan edilar. Oʼtkazilgan musobaqa mazkur murojaatning amaliy ifodasi sifatida Oʼzbekiston velosiped sporti federatsiyasi sportchilari orasida yangicha yondashuv bilan targʼib qilindi.

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

olympic.uz