Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Olimpiya oʼyinlari tarixida 23 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʼlga kiritgan afsonaviy Maykl Felps haqida eshitgan boʼlsangiz kerak. Uning gʼalabalari haqida ham koʼp eshitganmiz. Biroq unda eslab oʼtishga arzigulik magʼlubiyatlar ham bor. Quyida ulardan biri haqida hikoya qilamiz. Bu real hikoyani “Oʼz kumiring ashaddiy raqibingga aylanmaguncha boʼsh kelma” deb nomladik.

Felpsning “shoh yoʼnalishi” batterflyay usulida suzish. Bu faktni sal keyinroq yod olamiz. Xitoy va Singapur davlatlari bir-biriga yaqin. Pekindagi Olimpiadani koʼrish uchun singapurlik yosh suzuvchi, 13 yashar Yozef Skuling Xitoyga keladi. Uning yagona orzusi oʼz kumiri Felps bilan suratga tushish boʼlgan va bolakay oʼz maqsadiga yetgan ham.

Rio-2016. Oradan 8 yil oʼtib, oʼsha bolakay dunyoning eng kuchli suzuvchilaridan biri boʼlib voyaga yetdi. Mayklning faoliyatidagi soʼnggi startlaridan biri ushbu Olimpiadada 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsi edi. Ne ajabki, Felps ham, Skuling ham ushbu yoʼnalishda finalgacha yetib kelishdi. Yakunda Yozef Skuling oʼz kumirini batterflyay usulida, yaʼni Mayklning “shoh yoʼnalishi”da Olimpiya oʼyinlarida dogʼda qoldirib, oltin medalni qoʼlga kiritdi. Bu esa oʼz kumiri ortidan ergashgan bolakayning vaqti kelib afsonaviy suzuvchini magʼlub etgani haqidagi voqea bilan jahon nashrlarida bong urildi.

BATAFSIL – Olympic.uz