Free ebooks Library zlibrary project

Sport yulduzlari haqida materiallar OАVda muntazam ravishda faol berib boriladi. Ularga qiziqish katta. Biz mana shunday materiallarni tayyorlash jarayonida sport turlarining oʼziga xosligidan kelib chiqqan holda ish tutish yuzasidan ayrim tavsiyalarga toʼxtalib oʼtamiz.

Bosh qahramonni tanlash

Oʼtgan musobaqada ajoyib natijaga erishgan sportchi yoki trener, yaqinlashib kelayotgan nufuzli musobaqaga tayyorlanayotgan jamoa yoki sportchi koʼpchilikning eʼtiborini oʼziga jalb qila oladi.

Masalan:

2020 yil yanvarь oyi mobaynida Tokio olimpiadasiga yoʼllanma uchun kurashgan futbol boʼyicha yoshlar terma jamoamiz koʼpchilikning diqqat markazida boʼldi.

Fevralь oyida Toshkent shahrida oʼtgan oʼsmirlar, yoshlar hamda kattalar oʼrtasidagi nufuzli musobaqalarda shoda-shoda medallarni qoʼlga kiritgan ogʼir atletikachilarimizga koʼpchilik havas va faxr bilan boqdi.

Mart oyida Iordaniya poytaxti Аmman shahridagi olimpiya saralash turnirida muvaffaqiyatli qatnashgan bokschilarimiz, ularning trenerlari, boks federatsiyasi mutasaddilari barcha OАVlar nishoniga aylandi.

Qaysi OАV uchun

Mashhur sport ustalarining faoliyati tahlili qaysi OАV uchun tayyorlanishi muhim. Chunki shunga qarab sport jurnalisti reja tuzadi, tayyorgarlik koʼradi va ish tutadi.

– Televidenie, radio, internet, matbuot;

– Sportga ixtisoslashgan OАV, ijtimoiy-siyosiy OАV

– markaziy, mintaqaviy, mahalliy, ichki

Mavzuni tanlash

Mashhur sport ustalarining faoliyati tahlili juda katta material va hatto materiallar turkumi uchun yetarli boʼlishi ehtimoldan yiroq emas. Shu boisdan hamma narsani bitta koʼrsatuv yoki maqolada qamrab olishga intilish nooʼrin. Аniq tanlangan mavzu jurnalistning ishini osonlashtiradi va material sifatli chiqishiga zamin hozirlaydi.

Masalan, bugungi kunda odatiy materiallardan tashqari koronavirus pandemiyasi sharoitidagi faoliyat tahlili dolzarb boʼlib turibdi.

 

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

Olympic.uz