15-aprel sanasi sport sohasida ulkan ahamiyatga ega kunlardan biridir. Zero, bundan roppa-rosa 124 yil avval Gretsiyaning Аfina shahrida birinchi zamonaviy Olimpiya oʼyinlari oʼz yakuniga yetgan.
1896 yilning 6-15 aprel kunlari boʼlib oʼtgan Olimpiya oʼyinlarida 14 mamlakatdan 241 nafar erkak atlet 9 sport turida 43 ta medallar komplekti uchun bahs olib borgan. Eslatib oʼtamiz, dastlab Olimpiya oʼyinlarida faqat erkak sportchilargina ishtirok etishgan.
АQSh terma jamoasi 11 ta oltin, 7 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʼrinni egallagan. Mezbonlar esa 10 ta oltin, 17 ta kumush va 19 ta bronza bilan ikkinchi pogʼonani band etishgan.
MOQ
olympic.uz